Home » Entertainment » INNA'NING TOSHKENTDAGI KONSERTI 2022

INNA'NING TOSHKENTDAGI KONSERTI 2022

Written By MYDAYTV UZB on Friday, Oct 14, 2022 | 01:00 AM

 
INNA KONSERTI 2022.  Jahon estrada yulduzi, Ruminyalik taniqli qo’shiqchi Inna, 9-oktabr sanasida “Xalqlar Do’stligi” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etdi. Ushbu oqshomga tashrif buyurgan Innaning muxlislari shunchaki konsert emas balki, haqiqiy shouning guvohi bo’lishdi. Inna ijro etgan barcha qo’shiqlarini, jonli tarzda tomoshabinlar bilan birga kuyladi. Konsert davomida ijodkorning  super xit qoshiqlari: “Up,” “Yalla,”“Hot,” “Gimme Gimme” va yana ko’plab mashhur taronalari yangradi. Muxlislar o’z o’rindiqlaridan turgan holda, yo’laklarda raqsga tushishdi. Innaning o’zi ham sahnadan muxlislar yoniga tushib bir nechta qo’shiq kuyladi. Konsert yakuniga yetgach ham tomoshabinlar zalni tark etmasdan, jo’rovoz bo’lib sevimli xonandasini chaqirishdi. Shundan so’ng Inna yana qayta sahnaga chiqib bir nechta qo’shiq kuyladi. Oqshom unutilmas taasurotlarga va esda qolarli onlarga boy o’tdi. Расмий сайт http://kunutun.uz Инстаграм: https://www.instagram.com/kunutun.uz/ Фейсбук: https://www.facebook.com/kunutun.uz Телеграм: https://t.me/kunutunuz #kunutuntv #kunutunuz #inna #konsert #music #toshkent #uzbekistan